Javohir1907
Man kelajakda o'z halqim uchun muvaffaqiyatga erishish yo'llarini qidirayotgan energiyaga to'la bolaman.
Har bir yer kurrasida yashayotgan inson Allohning amri ila tavallud topgan. Uning bu dunyoda kelishi behikmat bolmagan.
Biz har birimiz bu yorug' olamda yashar ekanmiz oldimizga buyuk maqsadlar qo'yishimiz kerak. Mani buyuk maqsadim - bu O'zbekiston qarzini to'lash, bizdan keyingi avlodlarimiz bizni yaxshi xotiralar bilan eslashsin.
Men Javohir
Qora ishchilar oilasida tavallud topganman.
  • Davlat maktabi
    9 yil mobaynida davlat maktabida tahsil oldim. Maktabda a'lo va yaxshi baholarga o'qiganman
  • Politexnikum
    So'ng 2 yil texnikumda o'qidim. Doim matritsadan chiqishni xohlab yashadim. Baholarim bu safar ham yaxshi chiqdi..
  • O'ychan
    O'rta hol oilada tug'ilganim sabab olila a'zolarim ishlar edilar. Men esa shu dam uyda yolg'iz qolib yangidan yangi g'oyalar o'ylab topar edim edim.
  • Erkinik
    O'rta hol oilada yashovchilarda xato qilishga haqlari bolmaydi. Bir chiziq pastga siljish ularni umr bo'yi kambag'al qiladi yoki yuqoriga siljish villalarga eltadi. Men ham yuqorini hohlayman .
17 yoshimda Bodybuilding sportiga ilk qadamimni boshladim. Hali hanuz bu sport bilan shug'ullanyapman. Endi professional bodybuilding musobaqalarida qatnashish niyatim bor, "Men's physic" kategoriyasida. Men erkak bo'lib yaraldim, menga erkak bo'lib yashash yoqadi.
Yangi biznes g'oyalarim bor ularning ba'zisini o'xshashlari hozir mavjud ba'zisi esa hali qilinmagan ishlar. Millat Umidi universtitetida o'qiyman, "Biznes bosharuvi" yo'nalishida. In Shaa Alloh mendan BIZNESMAN chiqadi!
Oilamni yaxshi ko'raman bu hayotda birinchi o'ringa oilamni qo'yaman. Oilam - bu mening baxtim. Har onda oilam uchun harakat qilaman, oilamni yaxshi ko'raman.
Keling endi startupimga o'tsak
Men O'zbekistonda hali ko'zdan qochirilgan bir ishni topdim - bu fitness murabbiylar uchun mobil ilovadir.
Nima sabab?
Ohirgi vaqt ijtimoiy tarmoqlarda onlayn murabbiylik
ancha keng tarqaldi ayniqsa bu karantindan boshlangan edi.
  • Sog'lom turmush istagi
    Yurtdoshlarimiz hayotda baxtning ta'mini sog'liksiz totib bolmasligini tushunib yetdilar.
    Sog'lom va ko'rkam tanaga ega bolishni istovchi yoshlar va qarilarning sonlari kundan kunga keskin oshib bormoqda.
  • Fitnessning yoyilishi
    Qayerga qaramaylik fitness zallari ko'payib bormoqda yangidan yangilari ochiliyabdi. U yerda ishlovchi ilmli, muvaffaqiyatli fitness trenerlarga bo'lgan talab oshib boryabdi.
  • Murabbiylarga ehtiyoj
    Eng yaxshi, ilmli, tajribali fitness murabbiylarni odamlar qidiryabdilar, sababi juda soxtalar ham bu o'yinga qo'shila boshladilar, Natijada pul uchun notog'ri yo'l yurug' va maslahatlar sabab adashganlar ham jamoat ichida keng norozilik kayfiyatini uyg'otmoqda.
Yechim oddiy
Bunga yechim sifatida men "1907" mobil fitness ilovasini
ishlab chiqish arafasida turibman. Uning ichida:
Murabbiylar
Katta hajmdagi turli xil yondashuvdagi murabbiylarni sig'dira oladi;
Foydalanuvchilar
Foydalanuvchilar uchun qulay holatda yo'l tanlash imkoniyatini beradi;
Raqobat
Murabbiylar uchun sog'lom raqobatni tashkil etib, O'zbekistonda fitnessning rivoji uchun katta xissasini qo'shadi;
Bu qanaqa ishlaydi?
Murabbiylarni jalb qilish
Biz ilovada katta hajmda murabbiylarni royhatdan o'tkazamiz. Ular o'z kurslarini va ustozlik xizmatlarini ilovaga joylaydilar. Bu bilan bir qatorda shogirdlari va o'quvchilari uchun chatlar, guruhlar hamda kanallar tashkil etadilar.
Foydalanuvchilarni jalb qilish
To'g'ri marketing bilan foydalanuvchilarni ilovaga kiritamiz. Ular o'zlari murabbiylarini qidirib topib ularda o'qiydilar yoki shogird tushadilar. Agar hech kimni tanishmasa eng yuqori reytingdagi murabbiyni tanlaydilar yoki tarjimai holi orqali o'zlari uchun eng yaxshi murabbiy topadilar. Ular bilan chatlashib albatta!
Vositachilik xaqi va reklama
Bizning daromadimiz esa murabbiy va foydalanuvchi o'rtasida turib ularni huquqlarini buzmagan holda pulni eltib berish. (Foydlanuvchi natijaga erishmagan holatda murabbiyga shogirdlik davomida berib borgan hisobotlari korib chiqilib pulni to'laligiciha qaytarib beriladi.) Biz shundan 10-20% haq olamiz. Kimdir hamkorlik taklifini bersa reklamadan ham daromad qilishimiz mumkin (aytaylik sport do'konlari bilan, ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan).
Agar startupimga sarmoya kiritishni xohlasangiz
men bilan bemalol aloqaga chiqishingiz mumkin.
Hozirda menga zarur summa min. 200 mln so'm.

+998 88 061 19 07
xolmatovjavohir911@gmail.com
Ramadon MFY Navruz ko'chasi
Yangiyo'l shahar
Made on
Tilda